Bir oy ichida O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tushib ketdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
19-iyun holatiga ko‘ra o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 4,85 million so‘mni tashkil etmoqda
Foto: spress.ge

So‘nggi bir oy ichida O‘zbekistonda oltin quymalari narxi arzonlashdi. Bu haqda Markaziy bank malumot berdi.

19-iyun holatiga ko‘ra o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 4,85 million so‘mni, 10 grammi  9,71 million so‘mni, 20 grammi 19,42 million so‘mni va 50 grammi 48,55 million so‘mni tashkil etmoqda.

Esdalik tangalar esa 15 grammi 14,71 million so‘m, 20 grammi 19,61 million so‘m qiymatga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, 31,1 gramm oltin tanga 30,49 million so‘m, xuddi shuncha gramm kumush tanga 735 ming so‘m narx bilan baholanmoqda.

Taqqoslash uchun: 20-maydagi holatga ko‘ra belgilangan narxlar bilan solishtirganda, bir oy ichida bir gramm oltin quymasining narxi 60,6 ming so‘mga pastlagan. Esdalik tangalari misolida ham narxlarda arzonlashishni kuzatishimiz mumkin. Misol uchun, 31,1 gramm oltin tanga 1,9 million so‘mga, huddi shuncha gramm kumush tanga esa 20 ming so‘mga arzonlagan.

Qayd etish joizki, oltin quymalari MB tomonidan aholining sarmoyaviy va jamg‘arma imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tijorat banklari orqali sotiladi. O‘zbekiston MB Telegram’da maxsus bot ishlaydi (@cbu_coinbars_bot), u orqali oltin quymalari qayerda sotilayotganini bilib olishingiz mumkin.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining hozirgi hajmi haqida yozgan edi.

Shuningdek