Endilikda maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini onlayn yuklab olishlari mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi
Foto: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Joriy yil maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini onlayn yuklab olishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) xabar berdi.

Qayt etilishicha, YIDXPdagi Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida shahodatnoma ma’lumotini olish xizmati orqali hamda Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali olish mumkin.

Shuningdek, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari «Bilim va malakalarni baholash agentligi»ning OTM qabul boʻyicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Shu bilan birga, portalda Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida shahodatnomaning dublikatini berish xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilda necha nafar oʻquvchi maktabni tamomlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek