Jizzaxda fuqaroni AQSh oʻrniga Afrikaga joʻnatgan shaxs qoʻlga olindi

eʼlon qilindi
Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: UTBP / depositphotos

Jizzax shahrida fuqaroni AQShga joʻnatishni va’da qilib, uni Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar organlariga shaharning Xayrobod mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi shaxs oʻgʻlini AQShga joʻnatishni va’da qilib, undan $14,3 ming olganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, arizachi oʻgʻli Afrikada chorasiz qolib ketgani, oʻz navbatida undan vaziyatni oʻnglash uchun yana $6,7 ming talab qilayotganini bayon etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik noqonuniy migrantlar AQShdan zudlik bilan deportatsiya qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek