«Kaspi» kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya bosh direktori ma’lum qildi
Foto: Sputnik Qozog‘iston

Qozogʻistonning Kaspi.kz texnologik kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Mixail Lomtadze malum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Kaspi.kz Sharqiy Yevropa va Osiyoda ham ish boshlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kaspi.kz oʻz ichiga internet doʻkon, toʻlov tizimi, bank va turlarni qidirish va bron qilish xizmatini oʻz ichiga oladi. Ularning barchasi Kaspi super App ilovasiga birlashtirilgan.

Kompaniya asoschilaridan biri qozogʻistonlik tadbirkor Vyacheslav Kim hisoblanadi. Forbes Kazakhstan ma’lumotlariga koʻra, u Qozogʻistonning eng boy odamlari reytingida birinchi oʻrinda turadi. Uning boyligi shu yilning may oyi holatiga koʻra, $5,8 milliardga baholangan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning mart oyidan boshlab Kaspi.kz London fond birjasi roʻyxatiga kirishni toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek