Makkada Haj vaqtida yuzlab ziyoratchilar jaziramadan vafot etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Hozircha qurbonlarning aniq soni ma’lum emas.
Saudiya Arabistonida Makkaga yillik Haj ziyorati chogʻida yuzlab odamlar jazirama issiqdan halok boʻldi. Bu haqda France-Presse agentligi (AFP) arab diplomatlariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurbonlarning aniq soni noma’lum, lekin AFP ma’lumotlariga koʻra, birgina Haj vaqtida kamida 550 kishi halok boʻlgan.
Halok boʻlganlarning kamida 323 nafari misrlik, 60 nafari Iordaniyalik boʻlgan. Ularning aksariyati jazirama issiqning qurboni boʻlgan.
Diplomatlardan biri AFPʼga qurbonlar soni haddan ziyodligiga Haj ziyoratiga noqonuniy kelganlar soni juda koʻpligi ham sabab boʻlganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» bu yil Oʻzbekiston fuqarolari uchun Haj ziyorati kvotalari 15 mingni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.