Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari havoning ifloslanishidan ko‘proq aziyat chekmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda JB eksperti Elena Strukova-Golub ma’lum qildi
Foto: Piqsels

Markaziy Osiyo mamlakatlarida havoning ifloslanishi muammosi O‘zbekiston va Tojikistonda eng dolzarb hisoblanadi, deya ta’kidladi Jahon bankining ekologiya bo‘yicha iqtisodchisi Yelena Strukova-Golub Toshkentda atmosferani muhofaza qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining muloqoti chog‘ida.

Hudud transchegaraviy ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan zaif, dedi ekspert. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi havo sifatining yomonlashuvidan eng ko‘p qariyalar aziyat chekmoqda.

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalar mayda zarrachalar bo‘lib, nafas yo‘llariga kirib, yurak-qon tomir tizimi va nafas olish organlari kasalliklariga olib keladi, dedi Strukova-Golub.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda havoni nima ifloslantirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek