Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

eʼlon qilindi
Sun’iy intellektning rivojlanishi hisobiga
Foto: MichaelVi / Depositphotos.com

Chipdagi grafik protsessorlar va tizimlarni ishlab chiqaruvchi Nvidia korporatsiyasi dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Uning bozor kapitalizatsiyasi $3,335 trilliondan oshdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nvidia aksiyalar narxining 3,5 foizga koʻtarilishi tufayli dunyodagi eng qimmat kompaniya boʻlishga muvaffaq boʻldi. Bu ishlab chiquvchiga bozorning avvalgi yetakchilari – Microsoft ($3,317 trillion) va Apple ($3,286 trillion) dan oʻzib ketish imkonini berdi.

Tahlilchilar Nvidia kapitalizatsiyasining oʻsishini protsessorlarga talab qilinadigan sun’iy intellekt vositalarining rivojlanishi bilan bogʻlamoqda.

Ma’lumot uchun, Nvidia aksiyalari 2024-yilda taxminan 173 foizga o‘sdi.

Avvalroq «Kursiv» Nvidia kapitalizatsiya boʻyicha Germaniya fond bozoridan oʻzib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek