Oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
2025-yil sentabrdan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi. Attestatsiyadan oʻtolmagan, tajribasi yetarli boʻlmagan oʻqituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bogʻcha va maktablar, texnikumlar, «Barkamol avlod» maktabi tashkil qilinishi aytildi.

Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi. Yangilangan institutga «mahalla – ota-ona – maktab» hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qoʻyiladi.

Avvalroq «Kursiv» birinchi iyundan bogʻchalarda malakali tarbiyachilarning ish haqi stavkasi oshishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek