Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi
eʼlon qilindi
U diplomatik vakolatxonani 25 yil davomida boshqarib kelayotgan edi
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen olamdan oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) xabar berdi.
«Vitaliy Fen buyuk davlat arbobi, sport ustasi va butun hayotini Vatanga xizmat qilishga bagʻishlagan professional diplomat edi», deyiladi xabarda.
Vitaliy Fen Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasini 25 yil davomida boshqarib kelayotgan edi. U mamlakatlarning qator ordenlari bilan taqdirlangan.
Tashqi ishlar vazirligi diplomatning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi Sunario Kartadinata Toshkentda vafot etgani haqida xabar bergan edi.