Obidjonov Jahongir «Oʻzenergosotish» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jahongir Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil OʻzR prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Jahongir Obidjonov mehnat faoliyatini Markaziy bankida boshlagan. 2017–2019-yillarda «O‘zenergo» AJ raisi o‘rinbosari, 2020–2022-yillar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2024-yilda Angliyaning Anglia Rusking University (Britaniya)da magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Karabayev Shohrux «Oʻzenergosotish» AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U bunga qadar OʻzR Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikasi tarmogʻini isloh qilish boʻyicha loyiha ofisi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahri hokimiga oʻrinbosarlar tayinlangani haqida xabar bergan edi.