Yangiliklar

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi
Foto: albund / Depositphotos.com

Qirg‘izistonda 19-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:09 da yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Uning koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 4,2. Chuqurlik – 10 km. Epitsentr – Toshkentdan 170 km janubi-gʻarbda sodir bo‘lgan.

Zilzila Namangan viloyatining ayrim hududlarida ham sezildi. Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km, Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km, Chust tumanida 2 ball, 59 km miqyosida sezilgan.

Avvalroq «Kursiv» Afg‘onistonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.