Toshkentda Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

eʼlon qilindi
Tadbir 19-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi
Foto: Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Toshkent shahrida Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Mehnat yarmarkasi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlovlar oʻtkaziladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19–20-iyun kunlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniya elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Nomzodlarga talablar:

  • 18 yoshdan 40 yoshgacha;
  • nemis tilidan kamida B1 sertifikat;
  • kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi);
  • 1 yillik kasbiy tajriba.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Ma’lumot uchun, mehnat yarmarkasi Toshkent shahridagi «Ishga marhamat“ monomarkazida boʻlib oʻtadi.

Avvalroq “Kursiv» Andijonda Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda transport-logistika markazi qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek