Toshkent shahrida Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Mehnat yarmarkasi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlovlar oʻtkaziladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19–20-iyun kunlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniya elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Nomzodlarga talablar:
- 18 yoshdan 40 yoshgacha;
- nemis tilidan kamida B1 sertifikat;
- kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi);
- 1 yillik kasbiy tajriba.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Ma’lumot uchun, mehnat yarmarkasi Toshkent shahridagi «Ishga marhamat“ monomarkazida boʻlib oʻtadi.
Avvalroq “Kursiv» Andijonda Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda transport-logistika markazi qurilishi haqida xabar bergan edi.