«UzAirways» samolyotning Toshkent aeroportiga qaytishi sababini tushuntirdi
eʼlon qilindi
Avvalroq HY721 reysi bekor qilingani xabar qilingandi
«Uzbekistan Airways» HY721 reysini poytaxt aeroportiga qaytarish sababini tushuntirdi. Samolyot Toshkent – Ostona yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga koʻra, parvoz bagaj boʻlimi eshigidagi notoʻgʻri signalizatsiya tufayli toʻxtatilgan.
Shu sababli samolyot ekipaji poytaxt aeroportiga qaytishga qaror qildi.
«Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirdilar va havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi”, deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyi o‘rtalarida Seuldan Dohaga uchayotgan samolyot Samarqandga favqulodda qo‘ngani haqida yozgan edi.