2024-yilda Oʻzbekistondan 15 mingdan ortiq fuqarolar Haj ziyoratiga bordi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ular yoshlar bilan ishlashga jalb etiladi
                    
                            
Joriy yilda Oʻzbekistondan Makkayu Madinada ziyoratchilar soni 15 ming kishidan oshdi. Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
«Mustaqillikning dastlabki yillarida Makkayu Madinada muqaddas Haj amalini ado etishga muyassar boʻlgan vatandoshlarimiz soni barmoq bilan sanoqli boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda 15 mingdan ziyod oʻzbekistonlik muqaddas ziyoratga bordi», deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston hukumati ziyoratchilarni yoshlar bilan ishlashga jalb etish niyatida. Bunday tadbirlar mahallalarda ham amalga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» Makkada Haj vaqtida yuzlab ziyoratchilar jazirama issiqdan vafot etgani haqida xabar bergan edi.
