Yangiliklar

Bolani birinchi sinfga qabul qilish uchun qanday ariza berish kerak – video

Joriy yilda qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi
Foto: uatp12 / www.depositphotos.com

2024/2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari bugun, 20-iyundan start oldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Joriy yilda qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 20-iyundan 31-iyulgacha (mikromintaqa doirasida). Ikkinchi bosqichda 1 dan 15-avgustgacha (mikrozondan tashqarida).

Arizani qanday qilib to‘g‘ri topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni quyidagi videoda ko‘rish mumkin.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/06/mymaktab-qabul-2024-uzb.mp4

1-sinfga qabul arizalari my.gov.uz orqali faqat Toshkent shahridagi maktablar uchun elektron shaklda topshiriladi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini endi onlayn tarzda yuklab olishlari mumkinligi haqida yozgan edi.