Yangiliklar

Dollar biroz arzonlashdi

Uning o‘rtacha narxi 12 639,81 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

20-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 4,10 so‘mga pasaydi va 12 639,81 so‘mni tashkil qildi.

Respublikada banklar AQSh valyutasini 12 585 – 12 635 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 655 – 12 705 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni dollarning o‘rtacha narxi 16,89 so‘mga ko‘tarilgan edi.