Avtokredit: qaysi banklardan va qanday stavkalarda rasmiylashtirish mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga 22 foizdan 33 foizgacha stavkada beriladi
Foto: Foto: OceanProd / www.depositphotos.com

Bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud banklardan 16 tasi fuqarolarga avtokreditlar taqdim qiladi. «Kursiv» kredit olish shartlarini o‘rgandi.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga 22 foizdan 33 foizgacha stavkada beriladi. Ba’zi banklar boshlangʻich toʻlovsiz ham avtokredit taqdim qilsa, ba’zi 50 foizgacha toʻlov talab qiladi.

Bank nomiFoiz stavkasiBoshlang‘ich to‘lovMuddatiKredit miqdori
Asakabank25,5–27,5%30%-50%3–5 yilgacha500 mlngacha
Agrobank26–27%25%4–5 yilgacha300 mlngacha
Anorbank33%15–25%5yilgacha400 mlngacha
Asia Alliance bank*27,99–33%30%5 yilgacha600 mlngacha
Hamkorbank*25,99–26,99%10–35%5 yilgacha600 mlngacha
InfinBank27,9925%5 yil375 mlngacha
Ipak yo‘li banki*26,9–32,9%0–50%5yilgacha800 mlngacha
Ipotekabank*27,99%10%5 yilgacha480 mlngacha
Mikrokreditbank*27–29%10–30%5 yilgacha680 mlngacha
O‘zmilliybank22–27%20–40%5 yilgacha500 mlngacha
Orient Finans Bank*24,9–27,9%20–50%5 yilgacha600 mlngacha
Saderat Bank*22,5–28,5%0–50%4 yilgacha400 mlngacha
Tenge Bank*25,5–26,9%15–50%5 yilgacha400 mlngacha
Trastbank24–28%25–50%5 yilgacha300 mlngacha
O‘zsanoatqurilishbank25%25%5 yilgacha400 mlngacha
Ziraat Bank Uzbekistan*23–29%20–40%5 yilgacha901 mlngacha

Manba: bank saytlari

Shuningdek, ro‘yxatdagi banklardan «Asia Alliance Bank», «Ziraat Bank Uzbekistan», «Ipak yo‘li banki», «Mikrokerditbank», «Orient Finance Bank», «Saderat Bank», «Tenge Bank», «Hamkorbank» va «Ipotekabank» ikkilamchi bozor uchun ham avtokreditlar beradi.

Elektromobillar uchun «Tenge bank» va «Ipoteka bank»dan kreditlar olish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» qaysi banklardan rasmiy ish haqi toʻgʻrisidagi hujjatlarsiz avtokredit olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek