Oʻzbekiston Speedtest Global Index mobil internet tezligi reytingida bir pogʻona pastlab, 89-oʻrindan joy oldi.
Mamlakatda mobil internet tezligi 29,50 Mbit/s deb baholanmoqda.
Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida Qirgʻiziston (64-oʻrin) va Qozogʻistondan (74-oʻrin) ortda qolgan boʻlsa-da, Rossiya (105-oʻrin) va Tojikistonni (143-oʻrin) ortda qoldirdi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda simli internet boʻyicha koʻrsatkich ham pasaydi. Mamlakat bir pogʻona pastlab, 90-oʻrindan joy oldi. Oʻrtacha tezlik: 64,52 Mbit/s tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonliklar tashqi internetning monopoliyadan chiqarilishidan nimalarni kutishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.