Yangiliklar

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishda muammolardan shikoyat qilmoqda

Diplomatik korpus aniqlik kiritishni so‘radi
Foto: O‘zR Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi

Rossiyaga kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari «qoʻshimcha va haddan tashqari uzoq muddatli tekshiruvlarga» duch kela boshladi, deb xabar qildi mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi.

Bu muammolar Moskva Sheremetyevo aeroportida yuzaga keladi. Bunday muammolarga nafaqat Rossiyaga kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari, balki tranzitda bo‘lganlar ham duch kelishmoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bu boradagi shikoyatlarni to‘pladi va aniqlik kiritish uchun RF Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.

Avvalroq «Kursiv» may oyi boshida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lganini yozgan edi. Keyinchalik bu ma’lumot rad etildi.