Bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud banklardan 16 tasi fuqarolarga avtokreditlar taqdim qiladi. «Kursiv» kredit olish shartlarini o‘rgandi.
Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga 22 foizdan 33 foizgacha stavkada beriladi. Ba’zi banklar boshlangʻich toʻlovsiz ham avtokredit taqdim qilsa, ba’zi 50 foizgacha toʻlov talab qiladi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Boshlang‘ich to‘lov | Muddati | Kredit miqdori |
Asakabank | 25,5–27,5% | 30%-50% | 3–5 yilgacha | 500 mlngacha |
Agrobank | 26–27% | 25% | 4–5 yilgacha | 300 mlngacha |
Anorbank | 33% | 15–25% | 5yilgacha | 400 mlngacha |
Asia Alliance bank* | 27,99–33% | 30% | 5 yilgacha | 600 mlngacha |
Hamkorbank* | 25,99–26,99% | 10–35% | 5 yilgacha | 600 mlngacha |
InfinBank | 27,99 | 25% | 5 yil | 375 mlngacha |
Ipak yo‘li banki* | 26,9–32,9% | 0–50% | 5yilgacha | 800 mlngacha |
Ipotekabank* | 27,99% | 10% | 5 yilgacha | 480 mlngacha |
Mikrokreditbank* | 27–29% | 10–30% | 5 yilgacha | 680 mlngacha |
O‘zmilliybank | 22–27% | 20–40% | 5 yilgacha | 500 mlngacha |
Orient Finans Bank* | 24,9–27,9% | 20–50% | 5 yilgacha | 600 mlngacha |
Saderat Bank* | 22,5–28,5% | 0–50% | 4 yilgacha | 400 mlngacha |
Tenge Bank* | 25,5–26,9% | 15–50% | 5 yilgacha | 400 mlngacha |
Trastbank | 24–28% | 25–50% | 5 yilgacha | 300 mlngacha |
O‘zsanoatqurilishbank | 25% | 25% | 5 yilgacha | 400 mlngacha |
Ziraat Bank Uzbekistan* | 23–29% | 20–40% | 5 yilgacha | 901 mlngacha |
Manba: bank saytlari
Shuningdek, ro‘yxatdagi banklardan «Asia Alliance Bank», «Ziraat Bank Uzbekistan», «Ipak yo‘li banki», «Mikrokerditbank», «Orient Finance Bank», «Saderat Bank», «Tenge Bank», «Hamkorbank» va «Ipotekabank» ikkilamchi bozor uchun ham avtokreditlar beradi.
Elektromobillar uchun «Tenge bank» va «Ipoteka bank»dan kreditlar olish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» qaysi banklardan rasmiy ish haqi toʻgʻrisidagi hujjatlarsiz avtokredit olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.