«O‘zbekneftgaz» sof foydasi 303 % ga oshdi
eʼlon qilindi
Aksiyadorlik jamiyati tushumidagi pasayishga qaramasdan

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tushumidagi pasayishga qaramasdan, sof foydada 262,6 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan 303,6% ko‘tarilishga erishdi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz»ning hisobotiga tayanib «KAP DEPO» investitsiya kompaniyasi xabar bermoqda.
Aksiyadorlik jamiyatining sof tushumdagi ko‘rsatkichlari o‘tgan va joriy yillardagi I chorak bilan solishtirilganda 7,4% ga ortta qolmoqda.
Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz»ning uzoq muddatli bank kreditlari 2,5% ga kamayib va 17,9 trln so‘mni tashkil etdi. Sotilgan mahsulot tannarxi esa 3,2 trlndan 2,4 trln so‘mga pastladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekneftgaz»ning yillik foydasi 50% ko‘proqqa qisqargani haqida xabar bergan edik.