Sinoptiklar O‘zbekistonda aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

eʼlon qilindi
Yomg‘irlar tufayli
Foto: Piqsels

O‘zbekistonda 20 – 24-iyun kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Togʻli hududlarda sel yuzaga kelishi xavfi bor, deb xabar qildi «Oʻzgidromet».

Qoraqalpog‘istondan hamda Sirdaryo, Buxoro, Xorazmdan tashqari respublikaning barcha viloyatlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.

Hududlarni suv bosishi ham mumkin.

«O‘zgidromet» tog‘li hududlar aholisi va mehmonlarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda iyun oyida ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek