Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi prokuror tayinlandi
eʼlon qilindi
Bu lavozimni Angren prokuraturasining sobiq rahbari egalladi
Ulug‘bek Habiljonov Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori etib tayinlandi, deb xabar qildi Angren hokimligi.
Xabiljonov bunga qadar Toshkent viloyati Angren shahar prokuraturasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
OAV Chilonzor tumanining sobiq prokurori Jahongir Murodov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasiga ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida yozmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Buxoro viloyatining sobiq prokurori O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi apparati rahbari etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.