Yangiliklar

Turkiya fuqarolari Oʻzbekistonga, asosan, qanday maqsadlarda kelmoqda

Asosan qarindoshlarini yo‘qlash va sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan
Foto: Seqoya / depositphotos.com

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatdan 1,7 ming nafarga koʻp. Mazkur davrda turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagilar:

qarindoshlarni yoʻqlash – 13 444 nafar;

sayyohlik – 12 661 nafar;

xizmat yuzasidan – 4 833 nafar;

tijorat – 410 nafar;

oʻqish – 42 nafar;

davolanish – 17 nafar.

Avvalroq «Kursiv» oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet fuqarolarining soni haqida xabar bergan edi