UzAuto Motors 25 ming dona Cobalt uchun onlayn kontraktatsiyani ochmoqda

eʼlon qilindi
Avtomobillar 2024-yil davomida ishlab chiqariladi
Foto: uzautomotors.com

21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur modeldagi avtomobillar 2024-yil davomida ishlab chiqariladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi.

Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida joriy yilning yanvar-aprel oylarida eng koʻp Cobalt avtomobil ishlab chiqarildi (qariyb 42 ming dona). Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,3 foizga koʻpdir.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek