Yozda tajribasiz ishchilar necha pul topishlari mumkin

eʼlon qilindi
"Head Hunter" platformasida tajribasiz odamlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni ikki baravar ko‘paydi
Foto: Piqsels

«Head Hunter» platformasi ma’lumotlariga koʻra, maktab oʻquvchilari, talabalar va tajribaga ega boʻlmagan boshqa shaxslar yozda oyiga oʻrtacha 1,5-2 million soʻm ishlab olishlari mumkin.

Eng yuqori maoshni logistika sohasida olish mumkin – taxminan 3 million so‘m.

May va iyun oyining birinchi yarmida tajribaga ega bo‘lmagan shaxslar uchun 3,5 mingta bo‘sh ish o‘rinlari HHga joylashtirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Yozda ishlash uchun eng mashhur sohalar qatoridan etkazib berish xizmatlari, dalalarda mavsumiy ishlar, lager maslahatchilariga yordam berish hamda repetitorlik joy oldi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 17,2 foizga oshib, 4,6 million so‘mni tashkil qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek