Cobalt savdosi texnik nosozliklarga uchradi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
"UzAuto Motors" kompaniyasi o‘z mijozlariga murojaat qildi
Foto: Statistika agentligi

Bugun, 21-iyun kuni soat 10:00 da savdo.uzavtosanoat.uz platformasida Cobalt bo‘yicha shartnomalar tuzilishi boshlanishi kerak edi. Biroq sayt texnik muammolarga duch kelmoqda.

«UzAuto Motors» kompaniyasi o‘z mijozlariga quyidagi murojaat bilan murojaat qildi: «UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan ularni bartaraf etish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Ma’lumot to‘ldirilib boriladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Tushunganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz».

Quyida savdo.uzavtosanoat.uz saytining hozirgi holati (21-iyun, Toshkent vaqti bilan soat 10:10) skrinshotini ko‘rishingiz mumkin. Unda bitta ham mashina modeli ko‘rinmaydi.

Shuningdek