«UzAuto Motors» kompaniyasi Cobalt avtomobili uchun shartnomalar yakunlangani haqida xabar berdi.
Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi, deyiladi «UzAuto Motors» xabarida.
24 931 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 69 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 56 ta kiberhujum amalga oshirildi. Bu esa platforma faoliyatida uzilishlarga olib keldi.
Jami sotuvda ikkita model bor edi – Gx – Optima At – Plus narxi salkam 146,5 million so‘m. Ikkinchi Gx – Style At – Plus modelining narxi 147,9 million so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Cobalt boshqa avtomobil modellariga qaraganda ko‘proq ishlab chiqarilishini yozgan edi. 2024-yilning besh oyida 57,7 ming dona konveyerdan chiqarildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,5 barobar ko‘pdir.