21-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 14,63 so‘mga pasaydi va 12 625,18 so‘mni tashkil qildi.
Bugun respublikadagi tijorat banklari AQSh valyutasini 12 580 – 12 630 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 660 – 12 700 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyun kuni dollarning o‘rtacha tortilgan narxi 4,10 so‘mga pasaygan edi.