Farmatsevtika agentligi sobiq rahbarining onasi Doc-1 Max ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga 500 million so‘m to‘ladi
eʼlon qilindi
Bu haqda sudda Sardor Kariyevning advokatlari ma’lum qildi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva Doc-1 Max ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lashni boshladi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Kariyevning advokatlari so‘zlariga ko‘ra, Munira Kariyeva sudning depozit hisobvarag‘iga 500 million so‘m kiritgan.
Bungacha Munira Kariyeva suddan kompensatsiya to‘lash evaziga o‘g‘lining qamoq jazosini uy qamog‘iga almashtirishni so‘ragan edi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Kariyev 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Doc-1 Max ishida 86 nafar bola jabrlanuvchi sifatida tan olingan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan yana bir dori – Rinotin Kids litsenziyasi bekor qilingani haqida yozgan edi.