Yangiliklar

Internet orqali giyohvandlik vositalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bu haqda Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’lum qilindi
Foto: VadimVasenin / depositphotos.com

Oʻzbekistonda internet tarmogʻi orqali giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bu haqdagi qonun Senat tomonidan ma’qullandi, deb xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bugungi kunda voyaga yetmaganlar orasida internet orqali giyohvandlik vositalarining va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi ortib bormoqda.

Senatorlar mazkur qonun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning targʻib yoki reklama qilishning oldini olishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekistonning giyohvandlikka qarshi kurash boʻyicha tashabbusi bilan qabul qilingan rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlagani haqida xabar bergan edi.