Netanyaxu Isroil qurolli kuchlari Gʻazoni qachon tark etishini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Garovga olinganlarning qarindoshlari bilan uchrashuvda
Foto: wollertz / depositphotos.com

Isroil qurolli kuchlari barcha garovga olinganlar ozod qilinmaguncha va HAMAS guruhini yoʻq qilmaguncha Gʻazo sektorini tark etmaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

«Biz barcha garovga olinganlar qaytmaguncha va XAMASning harbiy va maʼmuriy salohiyatini yoʻq qilmagunimizcha hududni tark etmaymiz», dedi Netanyaxu.

Bu haqda Netanyaxu halok boʻlgan garovga olinganlarning qarindoshlari bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

Isroil hukumati rahbarining qoʻshimcha qilishicha, mamlakat rasmiylari garovga olingan 120 kishining hammasini – tirik qolganlarni ham, halok boʻlganlarning jasadlarini ham qaytarish niyatida.

Avvalroq «Kursiv» Xalqaro jinoiy sud 24-may kuni Isroil hukumatiga Rafahda oʻtkazilayotgan harbiy operatsiyani zudlik bilan toʻxtatishni buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek