Nigʻmatilla Yoʻldoshev yana bosh prokuror lavozimiga tayinlandi

eʼlon qilindi
U ushbu lavozimda 2019-yildan buyon ishlab kelmoqda
Foto: Senat matbuot xizmati

Senatning 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori lavozimiga Nigʻmatilla Yoʻldoshev ikkinchi muddatga tayinlandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Nigʻmatilla Yoʻldoshev ushbu lavozimda 2019-yildan buyon ishlab kelmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga muvofiq OʻzR bosh prokurori lavozimiga nomzod prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yoʻldoshev 2015–2019-yillarda Oliy Majlis Senatini boshqargan. Islom Karimov vafotidan soʻng u Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlishi kerak edi, lekin bu vazifadan Shavkat Mirziyoyev foydasiga voz kechgan.

Ma’lumot uchun, Nigʻmatilla Yoʻldoshev 1962-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahar Chilonzor tumaniga yangi prokuror tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek