Yangiliklar

Oʻzbekistonda eng yaxshi muhandislar elektromobillar bilan taqdirlanadi

Shuningdek, chet elga amaliyotga jo‘natiladi
Foto: Smartprix

Oʻzbekistonda muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha respublika tanlovi oʻtkaziladi va gʻoliblarga elektromobil beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda malum qilindi.

Tanlovlar muhandislik mutaxassisliklari yoʻnalishlari boʻyicha «eng yaxshi gʻoya», «eng yaxshi loyiha» va «eng yaxshi ixtiro» yoʻnalishlarida oʻtkaziladi. Unda oʻqituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Musobaqa davomida eng yaxshi oʻn nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Ular Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Germaniya, Italiya, Rossiya va Turkiyada amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev texnik oliy oʻquv yurtlarida kadrlar tayyorlashga oʻzgartirishlar kiritgani haqida xabar bergan edi.