Yangiliklar

O‘zbekiston sabzavot va mevalari eksporti 10 foizdan ortiq oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga 722,1 ming tonna sabzavot va meva yetkazib berdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 foizga koʻpdir, deb xabar qildi Respublika Statistika agentligi.

Umumiy eksportning 32% dan ortig‘i Rossiyaga to‘g‘ri keldi. Oʻzbekiston meva-sabzavotlarini eng koʻp xaridorlari beshligiga Pokiston, Qozogʻiston, Xitoy va Afgʻoniston ham kirdi.

Pul ko‘rinishida eksport ko‘rsatkichi 420 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston eng ko‘p piyoz (44 million dollar), karam (41,2 million dollar) va mosh (26,8 million dollar) sotgan.

Avvalroq «Kursiv» yanvardan 19-maygacha O‘zbekiston Rossiyaga sabzavot va mevalar eksportini 26 foizga oshirgani haqida yozgan edi.