Yangiliklar

Qanday hollarda tayinlangan pensiyani toʻlash toʻxtatiladi

Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Skorzewiak / Depositphotos

Oʻzbekistonda tayinlangan pensiya toʻrt holatda toʻxtatilishi mumkin. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, pensioner vafot etganda, tayinlangan pensiyaga huquqlar yoʻqolganda, xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda pensiya toʻxtatiladi.

Shuningdek, fuqaro doimiy yashash uchun Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketilganda ham bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1-may holatiga koʻra, Pensiya jamgʻarmasida hisobda turib, pensiya oluvchi fuqarolar soni qariyb 4 mln nafarni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» vafot etgan fuqaroning jamg‘arilgan pensiya mablag‘lari to‘lanishi yoki to‘lanmasligi haqida yozgan edi.