Toshkentda 25 yoshli erkak Binance platformasida kriptoaktivlarni noqonuniy muomala qilganlikda ayblanib, besh sutkaga qamaldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishiga, uning ushbu sohada faoliyat yuritish uchun litsenziyasi boʻlmagan, lekin Binance kripto birjasidan foydalanishga qaror qilgan. 2024-yil may oyining oʻrtalariga qadar u aktivlarni sotib olish va ularni boshqa shaxslarga yoʻnaltirish boʻyicha yigirmadan ortiq operatsiyalarni amalga oshirgan. Gap taxminan $7,8 ming miqdorida ketmoqda.
Sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155-4-moddasi («Kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzish»)ni buzganlikda aybdor deb topilgan.
Avvalroq «Kursiv» Notcoin token sotganlikda ayblangan Oʻzbekiston fuqarosiga iPhone sovgʻa qilmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.