Yangiliklar

Toshkentda to‘rt mingga yaqin xonadonlar gazsiz qoladi

Juma kuni
Foto: Piqsels

Rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi «Yangi Choshtepa» mahalla fuqarolar yigʻinidagi 3,9 ming xonadonga gaz ta’minoti toʻxtatilishiga olib keladi, deb xabar berdi «Hududgaz poytaxt».

21-iyun, juma kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha gaz bo‘lmaydi.

Kvartiralardan tashqari 430 ta xususiy uy va sakkizta ulgurji iste’molchi resurs ta’minotidan uziladi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligi haqida yozgan edi.