Yangiliklar

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt savdosini tikladi. Mashina qancha turadi

Biroq sayt hali ham ba’zida texnik uzilishlar bilan ishlaydi
Foto: BrianAJackson / www.depositphotos.com

Texnik nosozliklardan so‘ng UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil savdosi savdo.uzavtosanoat.uz sayti ishi tiklanganini ma’lum qildi. Biroq sayt hali ham ba’zida texnik uzilishlar bilan ishlaydi.

21-iyun soat 10:50 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 1 557 ta shartnoma tuzildi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya jami 25 mingta avtomobilni sotuvga qo‘ygan.

Jami sotuvda ikkita model bor – Gx – Optima At – Plus narxi salkam 146,5 million so‘m. Ikkinchi Gx – Style At – Plus modelining narxi 147,9 million so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Cobalt boshqa avtomobil modellariga qaraganda ko‘proq ishlab chiqarilishini yozgan edi. 2024-yilning besh oyida 57,7 ming dona konveyerdan chiqarildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,5 barobar ko‘pdir.