«Uzbekistan Airways»ning HY9627 Farg‘ona – Moskva va HY9616 Moskva – Urganch reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli kechiktiriladi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Aviakompaniya ma’lumotlariga koʻra, HY9627 reysining Fargʻonadan uchishi 18:45 ga koʻchirilgan, Rossiya Federatsiyasi poytaxtiga qoʻnish mahalliy vaqt bilan soat 21:30 da kutilmoqda.
HY9616 reysining Moskvadan uchishi 22:45 da, qo‘nish mahalliy vaqt bilan 4:20 da rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» «Uzbekistan Airways» reysi bagaj bo‘limidagi noto‘g‘ri signal tufayli to‘xtatilgani haqida yozgan edi.