Xitoyning «Baibuting Group» kompaniyasi Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Ohangaron tumanida quvvati 2 GVt boʻlgan yashil elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Dastlabki bosqichda loyiha qiymati $200 mlnga baholangan bo‘lsa, keyinchalik u $1,8 mlrdgacha oshadi.
«Baibuting Group» rahbari Mao Yong Xongning aytishicha, loyihaga o‘ndan ortiq kompaniyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Qurilish uchun 2,6 ming gektar maydon ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli AES qurishni boshlashi xabar qilingan edi.