Yaponiya O‘zbekistonning MVision kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

eʼlon qilindi
Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tgani uchun
Foto: Piqsels

O‘zbekistonning MVision kompaniyasi, shuningdek, Xitoy, Hindiston, BAA va Qozog‘istonning yana 10 ta kompaniya va tashkilotlari Yaponiya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Hujjat Yaponiya Vazirlar Mahkamasi saytida e’lon qilindi.

Tokio bu chora kompaniyalarning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishi bilan bog‘liqligini aytdi.

«Hukumat uchinchi davlatlarning tashkilot va kompaniyalariga nisbatan aktivlarni muzlatish va eksportni taqiqlash choralarini qoʻllashni ma’qulladi. Sanksiyalar Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, BAA va O‘zbekiston bilan aloqada bo‘lgan 11 ta kompaniyani qamrab oladi», deya ta’kidladi Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasu Xayashi.

O‘tgan yilning noyabrida Mvision AQSh Moliya vazirligining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Kompaniya elektron va telekommunikatsiya uskunalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etish ehtimoli haqida ilk bor joriy yilning 14 iyunida xabar bergan edi.

Avvalroq «Kursiv» Qo‘shma Shtatlar o‘zbekistonlik fuqaroga va O‘zbekistondan kelgan kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek