Bektemir tumanida elektr energiyasi qisman uzildi

eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari sabab
Foto: Piqsels

22-iyun, shanba kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida ta’mirlash ishlari sabab elektr energiyasi qisman uzildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 19:00 gacha Bektemir, Abay, Oltintopgan, Husayn Boyqaro, Ustozlar va Chashma mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Iqbol va Mirishkor mahallalaridagi ba’zi korxonalarda ham elektr energiyasida uzilishlar boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlar qayerda koʻp kuzatilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek