Joriy yilda Oʻzbekistonga 3 millionga yaqin turistlar tashrif buyurdi
eʼlon qilindi
Mamlakatlar kesimida eng koʻp Tojikiston fuqarolari kelgan
2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2,8 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan.
Turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Tojikiston – 871,5 ming nafar;
- Qirgʻiz Respublikasi – 857 ming nafar;
- Qozogʻiston – 498,2 ming nafar;
- Rossiya – 289,6 ming nafar;
- Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
- Turkiya – 42,1 ming nafar;
- Hindiston – 23,2 ming nafar;
- Xitoy – 22,8 ming nafar;
- Italiya – 15,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.
Avvalroq «Kursiv» tijorat maqsadida Oʻzbekistonga kelgan chet fuqarolarining soni haqida xabar bergan edi.