Yangiliklar

Joriy yilda Oʻzbekistonda qancha Tracker avtomobili ishlab chiqarildi

Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekistonda 19,2 ming dona Tracker avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,2 martaga koʻp. 2023-yilning ushbu davrida mamlakatda 8,8 ming dona Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan.

Hozirgi kunda UzAuto Motors saytida Tracker’ning quyidagi modellari sotuvda mavjud:

Tracker TRK — 222 949 280 soʻm;

Tracker LS PLUS — 220 951 360;

Tracker LTZ PLUS — 244 108 480;

Tracker Premier PLUS — 272 656 160;

Tracker TRK REDLINE — 282 474 080.

Eslatib oʻtamiz, kompaniya Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 12 oy davomida Oʻzbekistonda 48 ming dona Tracker avtomashinasi ishlab chiqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning besh oyida Oʻzbekistonda 146,6 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edi.