Ostona shahridagi «Xon Shatir» savdo markazi hududida 26 qavatli binoda yong‘in yuzaga keldi . Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, «Kursiv Kazahktan» xabar bermoqda.
Bino ma’muriy va qisman turarjoy hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, tashqi korpus yonib ketgan.
Yongʻinni oʻchirish uchun 16 ta texnika va 72 kishi jalb etilgan. Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida yer ostida yongʻin kelib chiqqani haqida xabar bergan edi.