Javlonbek Umarxoʻjayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tayinlandi
Javlonbek Umarxoʻjayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqdagi qaror Iqtisodiyot va Moliya vazirligi vakili boʻlgan kompaniyaning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilindi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u oʻtgan yilning avgust oyidan buyon kompaniyaga vaqtinchalik rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Umarxoʻjaev oʻz faoliyatini 2008-yilda «Oʻzbekiston havo yoʻllari»da boshlagan. 2021-2023-yillarda Uzbekistan Airports boshqaruvi raisining ekspluatatsiya boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yildan 2023-yil avgustigacha kompaniyaga Ra’no Joʻrayeva rahbarlik qilgan.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airports oʻzining asosiy koʻrsatkichlarini 40 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.