Tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus telefon raqamlari ishga tushirildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ochiq muloqot o‘tkazish uchun ishbilarmonlarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha maxsus respublika shtabini tashkil etgani haqida xabar berdi.
Davlat rahbari bilan uchrashuv joriy yilning 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 2024-yilda yig‘ilish ilk bor Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladi.
Shtabning asosiy vazifasi ishbilarmon doiralarning takliflarini to‘plash, tahlil qilish va o‘rganishdan iborat. Bu ish maxsus o‘qitilgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlar o‘z murojaatlarini 24 soat ishlaydigan 1094 va 1100 qisqa raqamlariga yuborishlari mumkin.
Avvalroq «Kursiv» 20-iyun kuni prezident va biznes vakillarining ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tganini yozgan edi.