Yangiliklar

Hafta yakunlari: Cobalt uchun shartnomalar, Toshkent – Chimyon tunneli, O‘zbekistonda ayollar maoshi kamligi, avtokredit olish uchun banklar ro‘yxati

Shenchjendagi BYD zavodi kuniga 750 ta avtomobil ishlab chiqarmoqda

Rasm: Unsplash

Shenchjen shahridagi BYD avtomobil zavodi rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvatiga yetdi. Bu kuniga 750 tagacha avtomobil ishlab chiqarishi mumkinligini anglatadi. Bu haqda «ixbt.com» nashri xabar bermoqda.

Germaniya afgʻonistonliklarni Oʻzbekiston orqali oʻz Vataniga qaytarmoqchi

Rasm: depositphotos.com

Germaniya hukumati Oʻzbekiston bilan afgʻonistonlik qochqinlarni Oʻzbekiston orqali oʻz vatanlariga joʻnatishni muhokama qilmoqda. Bu haqda «Bloomberg» nashri xabar berdi.

Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatgan fuqarolarga amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi

Iste’molchilarga energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatganliklari uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Energetika vazirligi hukumat qaroriga tayanib xabar bermoqda.

Oʻzganing plastik kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

Rasm: Depositphotos.com

Toshkent shahrida 28 yoshli ayolning bank kartasidan jami 110 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

«Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» temir yoʻlining xaritasi qanday boʻladi

Rasm: depositphotos.com

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston» temir yoʻli Qashgʻardan Andijongacha davom etadi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston bitimga tayanib xabar bermoqda.

Maskning fikricha, Neuralink chiplari kelajakda smartfonlar o‘rnini egallaydi

Rasm: Reuters

Amerikalik biznesmen Ilon Mask kelajakda odamlar Neuralink miya chipi foydasiga telefonlardan voz kechishlarini aytdi.

Ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq odamlarni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi – Jahon banki

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

O‘zbekistonda 700 ming kishi qashshoqlikdan qutulishi mumkin. Bu ayollarning erkaklar bilan bir xil maosh olishini ta’minlashni talab qiladi. Jahon banki o‘zining yangi hisobotida shunday xulosaga keldi.

Toshkentdan Chimyonga yangi tunnel ochildi

Rasm: Videodan skrinshot

Toshkent shahridan chiqishda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida qurilishning birinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati.

Toshkentda Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Rasm: Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Toshkent shahrida Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Mehnat yarmarkasi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlovlar oʻtkaziladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Endilikda maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini onlayn yuklab olishlari mumkin

Rasm: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Joriy yil maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini onlayn yuklab olishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) xabar berdi.

Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari havoning ifloslanishidan ko‘proq aziyat chekmoqda

Rasm:Piqsels

Markaziy Osiyo mamlakatlarida havoning ifloslanishi muammosi O‘zbekiston va Tojikistonda eng dolzarb hisoblanadi, deya ta’kidladi Jahon bankining ekologiya bo‘yicha iqtisodchisi Yelena Strukova-Golub Toshkentda atmosferani muhofaza qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining muloqoti chog‘ida.

Bir oy ichida O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tushib ketdi

Rasm: spress.ge

So‘nggi bir oy ichida O‘zbekistonda oltin quymalari narxi arzonlashdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Kaspi» kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Qozogʻistonning Kaspi.kz texnologik kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Mixail Lomtadze ma’lum qildi.

Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ikki jiyaniga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak qoʻlga olindi

Rasm: depositphotos.com

Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ikki nafar voyaga yetmagan jiyaniga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston bolalar ombudsmani xabar berdi.

Makkada Haj vaqtida yuzlab ziyoratchilar jaziramadan vafot etdi

Rasm: deposistphotos.com

Saudiya Arabistonida Makkaga yillik Haj ziyorati chogʻida yuzlab odamlar jazirama issiqdan halok boʻldi. Bu haqda France-Presse agentligi (AFP) arab diplomatlariga tayanib xabar bermoqda.

2024-yilda Oʻzbekistondan 15 mingdan ortiq fuqarolar Haj ziyoratiga bordi

Rasm: Unsplash

Joriy yilda Oʻzbekistondan Makkayu Madinada ziyoratchilar soni 15 ming kishidan oshdi. Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishda muammolardan shikoyat qilmoqda

Rasm: O‘zR Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi

Rossiyaga kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari «qoʻshimcha va haddan tashqari uzoq muddatli tekshiruvlarga» duch kela boshladi, deb xabar qildi mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi.

Yozda tajribasiz ishchilar necha pul topishlari mumkin

Rasm:Unsplash

«Head Hunter» platformasi ma’lumotlariga koʻra, maktab oʻquvchilari, talabalar va tajribaga ega boʻlmagan boshqa shaxslar yozda oyiga oʻrtacha 1,5-2 million soʻm ishlab olishlari mumkin.

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha xalqaro reytingda pastladi

Rasm: Unsplash

Oʻzbekiston Speedtest Global Index mobil internet tezligi reytingida bir pogʻona pastlab, 89-oʻrindan joy oldi.

Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Rasm: Yemelyanov / www.depositphotos.com

Endi davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunbuzarlar oldingidan ko‘ra og‘irroq jazoga mahkum etiladilar. 19-iyun sanasida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali Telegram’dagi sahifasida xabar berdi.

Автокредит: qaysi banklardan va qanday stavkalarda rasmiylashtirish mumkin

Bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud banklardan 16 tasi fuqarolarga avtokreditlar taqdim qiladi. «Kursiv» kredit olish shartlarini o‘rgandi.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga 22 foizdan 33 foizgacha stavkada beriladi. Baʻzi Banklar boshlangʻich toʻlovsiz ham avtokredit taqdim qilsa, baʻzi 50 foizgacha toʻlov talab qiladi.

O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan 26 ming dona ko‘p yengil avtomobil ishlab chiqarildi

2024-yilning besh oyida O‘zbekistonda 146,6 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 26 mingtaga ko‘p (+21,6%). Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Cobalt savdosi texnik nosozliklarga uchradi

Rasm: Statistika agentligi

21 iyun kuni savdo.uzavtosanoat.uz platformasida Cobalt avtomobillari uchun 25 mingta shartnoma tuzildi. Texnik uzilishlarga qaramay, mashinalar bir kunda sotildi.

Netanyaxu Isroil qurolli kuchlari Gʻazoni qachon tark etishini ma’lum qildi

Rasm: wollertz / depositphotos.com

Isroil qurolli kuchlari barcha garovga olinganlar ozod qilinmaguncha va HAMAS guruhini yoʻq qilmaguncha Gʻazo sektorini tark etmaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

Yaponiya O‘zbekistonning MVision kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Rasm: Piqsels

O‘zbekistonning MVision kompaniyasi, shuningdek, Xitoy, Hindiston, BAA va Qozog‘istonning yana 10 ta kompaniya va tashkilotlari Yaponiya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Hujjat Yaponiya Vazirlar Mahkamasi saytida e’lon qilindi.

Dollarning o‘rtacha narxi pasaymoqda

Rasm: Piqsels

21-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 14,63 so‘mga pasaydi va 12 625,18 so‘mni tashkil qildi.

Moʻgʻuliston prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23–26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Internet orqali giyohvandlik vositalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Foto: VadimVasenin / depositphotos.com

Oʻzbekistonda internet tarmogʻi orqali giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bu haqdagi qonun Senat tomonidan ma’qullandi, deb xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda konditsioner sotib olish va uni oʻrnatish necha pulga aylanadi